
Mourino “Chelsi”dan zo‘r futbolchini so‘rab, taklif yubordi!
Joze Mourino “Roma” safini kuchaytirish maqsadida “Chelsi” yarim himoyachisi Temue Bakayoko olmoqchi. Rim klubi mutasaddilari 27 yoshli frantsiyalik futbolchi transferini so‘rab, London klubiga taklif yubordi.
Bakoyoko ayni paytda ijara asosida “Milan” safida yuribdi. Milanliklar ijara muddati tugaymay turib, futbolchini Angliyaga qaytarib yubormoqchi. “Chelsi” ijara shartnomasini buzmoqchi emas.
Agar Bakayokoning transferini to‘liq sotib oladigan jamoag chiqsa, “aristokratlar” bu transfer bo‘yicha ishlashga tayyor.
Joze Mourino maydon markaziga Nemanya Matichni oldi. Endi uning yoniga yana bir tajribali o‘yinchi qo‘ymoqchi va vazifani Bakayoko bajarishini istayapti.
Bakayoko “Renn” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U faoliyati davomida “Monako”, “Chelsi”, “Milan”, “Napoli” kabi jamoalar sharafini himoya qilgan.
Jami 290 ta uchrashuvda 13 ta gol va 9 ta assist qayd etgan markaziy yarim himoyachining transferi 10 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar