
Mourino chaqirgan futbolchini “Roma”ga qo‘yib yuborishmadi
“Roma” jamoa hujumkorligini oshirish uchun ukrainalik futbolchi Ruslan Malinovskiyni transfer qilishni rejalashtirayotgan edi.
Mourino “Atalanta” hujumkor futbolchisi rimliklarni yanada kuchaytirishiga umid bog‘lagan. Romagiallorossa.it saytining xabar berishicha, “bo‘rilar” bergamoliklar bilan transfer bo‘yicha muloqotni boshlab yuborgan.
Biroq, transferga “Atalanta” bosh murabbiyi Jan Pero Gasperini xalaqit qilyapti. Tajribali murabbiy o‘z shogirdini yanvarda “Roma”ga qo‘yib yuborishga qarshilik qildik.
Ruslan Malinovskiyning o‘zi Joze Mourino qo‘l ostida o‘ynashni istayapti. U yozda poytaxtga ko‘chishga tayyor.
Fikrlar