Mourino CAS qaroriga: Tsirk eshiklarini hamma uchun ochib qo‘ying
"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourino "Nyukasl" bosh murabbiyi Stiv Bryus va klubning yangi investorlari haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Stivning ishlari joyida, yangi mavsumda uning jamoasi yanada kuchli bo‘ladi. U uchun xursandman. Keyingi mavsumda moliyaviy feyr-pley degan so‘zlar bo‘lmaydi, shunday ekan unda yangi xaridlar uchun yaxshi imkoniyatlar vujudga kelishi mumkin.
"Moliyaviy feyr-pley o‘lik tizim. "Nyukasl"ning yangi rahbarlari tsirk eshigini ochib, istaganlarini amalga oshirishlari mumkin.
Hozir "Manchester Siti" haqida so‘z ochdik, ammo boshqa vaziyatda boshqa klublarda ham shu kabi ishlar bo‘lgan. Natijani o‘zingiz yaxshi bilasiz.
Men istagan odam istagan ishini qilishi uchun tsirk eshiklari barcha uchun ochib qo‘yilishi tarafdoriman", - deydi Mourino.



Fikrlar