Mourino “bebosh” shogirdini kechirdi

  • 6 fevral, 2023, 09:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino qo‘pol xatosi uchun Rik Karsdorpni tanqid qilganidan keyin oradagi munosabat buzilgandi.

Tecno

Niderlandiyalik himoyachi keyinchalik jamoa bilan shug‘ullanishdan bosh tortdi, Yaponiyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga bormadi, boshqa klubga o‘tmoqchi bo‘ldi.

Qishki transferlar vaqtida Rim klubi talabini bajara oladigan xaridor chiqmadi. Natijada Karsdorp “bo‘rilar” safida qoldi.

Mourino bu futbolchining ishga bo‘lgan munosabatini qoralab, asosiy tarkibdan chetlatgan edi. Taniqli insayder Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, portugaliyalik murabbiy futbolchini kechirgan.

Manbaning ta’kidlashicha, murabbiylar shtabi tez orada 27 yoshli o‘yinchini umumiy mashg‘ulotlarga qo‘shish va keyinchalik o‘yinlarga jalb qilish bo‘yicha ish boshlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!