Mourino "Bavariya" vingerini tarkibda ko‘rishni xohlayapti

  • 8 iyul, 18:52
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Fenerbaxche" Turkiya chempionligi uchun "Galatasaroy" bilan raqobatlashish maqsadida tarkibini jiddiy ravishda kuchaytirmoqchi.

"Hurriyet" nashrining xabar berishicha, jamoa "Bavariya"ning qanot hujumchisi Kingsli Komanga qiziqish bildirmoqda. Bu futbolchini jamoaga qo‘shib olishni "Fenerbaxche"ning bosh murabbiyi Joze Mourino qat’iy talab qilmoqda.

Dastlab ijara masalasi ko‘tarilgan bo‘lsa-da, to‘liq transfer imkoniyati ham ko‘rib chiqilmoqda. Transfer narxi 40 million evrogacha etishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, "Bavariya" yaxshi taklif tushgan taqdirda 29 yoshli Komanni sotishga tayyor.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!