Mourino “Barsa”dan o‘yinchi chaqiryapti

  • 26 yanvar, 22:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turkiya Superligasida “Fenerbahche”ni boshqarayotgan Joze Mourino jamoaga evropa futbolida nom qozongan yulduzlardan birini olib kelmoqchi.

Tecno

Portugaliyalik mutaxassis jamoani qabul qilib olganidan keyin Allan Sen-Maksimenning o‘yinidan qoniqish hosil qilgani yo‘q. Joze Mourino bu futbolchini ketkazib yuborishga qaror qilgan.

Tajribali murabbiy “Barselona”da o‘yin amaliyotisiz qolib ketayotgan Ansu Fatini qo‘lga kiritmoqchi.

Aslida “Fenerbahche” portugaliyalik murabbiy iltimosiga ko‘ra, Fati yozda ham jamoaga taklif qilgandi. Lekin o‘shanda ispaniyalik futbolchi “Barselona” asosiy tarkibiga kirish uchun kurashishini bildirib, chorlovni qabul qilmagan.

Endi vaziyat o‘zgardi. “Barsa”bosh murabbiyi Xans Diter Flik yosh hujumkor futbolchiga baribir imkon bermayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!