Mourino Abraxamdan qattiq norozi, endi Shomurodovga imkon beradimi?

  • 28 avgust, 2022, 18:29
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” A Seriyada uchinchi uchrashuvini o‘tkazdi. Joze Mourino shogirdlari “Salernitana” va “Kremoneze” ustidan qozonilgan ikkita kichik hisobdagi g‘alabadan keyin Turinda “Yuventus” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynab qaytdi.

Tecno

Biz e’tibor qaratadigan jihat, Joze Mourino ketma-ket uchinchi uchrashuvda Eldor Shomurodov xizmatidan foydalanmadi. Portugaliyalik mutaxassis legionerimizga umuman imkoniyat qoldirmaydigan ko‘rinadi.

4 (1)_1

Markaziy hujumda Temmi Abraxam kutilgan o‘yinni namoyish qila olmagan vaziyatda ham Mourino o‘zbekistonlik shogirdini umuman maydonga tushirmayapti. Vaholanki, Eldorning asosiy pozitsiyasi hujum markazida va o‘tgan mavsumda bir necha marta Temmi Abraxamdan qolishmasligini isbotlagan o‘yinlarni ham ko‘rgandik.

Oldingi chiziq vakillaridan Nikolo Dzanolo jarohat olgani, Paulo Dibala va Temmi Abraxamning o‘yini samara bermayotganiga qaramay , “Roma” murabbiylar shtabi Shomurodovni maydonga chiqarayotgani yo‘q. Endi tarkibga Italiya terma jamoasi hujumchisi Andrea Belotti qo‘shilayotganini inobatga olsak, Eldorni yaqin o‘rtada “Roma” safida ko‘rmaysiz shekilli.

Joze Mourino “Yuventus”ga qarshi o‘tkazilgan bahsdan keyin o‘yinni tahlil qilib, ayrim xulosalari bilan o‘rtoqlashdi.

- O‘yinni  qanday boshlaganimizdan xafsalam pir bo‘ldi. Keyin vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgartira olganimiz menga yoqdi.

Yaqinda men har bir o‘yin o‘ziga xos hodisa, uning avvalgi va bo‘lajak uchrashuvlarga hech qanday aloqasi yo‘q ekanini aytgandim. Bu gaplarimning bari yolg‘on ekan. Chunki o‘yinlar emotsional tomondan bir biriga aloqador.

“Yuventus” bilan uchrashuvning eng so‘r o‘yinchisi kim? Albatta, hakam. U 90 daqiqa davomida ajoyib harakat qildi. “Yuventus” 55 daqiqa yaxshi harakat qildi. Biz esa 35 daqiqa davomida ustunlik qildik.

Men Temmi Abraxamning o‘yindan keyingi intervyusini ko‘rdim. U xuddi zo‘r o‘ynagandek gapiribdi. Gol urganiga qaramay, rasvo o‘ynadi.

Dibala yaxshi harakat qildi. Paulodan mamnunman. Bellashuvning oxirgi uchdan bir qismida “Yuventus” muxlislarini bizdan qo‘rqa boshlaganini ko‘rdik, - dedi Joze Mourino.

Aslida portugaliyalik mutaxassis yangi mavsumda Eldor Shomurodovga ishonch bildirmasligini ma’lum qilgan edi. Bir necha klub legionerimizni o‘z safiga chorlaganiga qaramay, hamyurtimiz Rimda qoldi.

Tabiiyki, hali yozgi transferlar oynasi yopilgani yo‘q va ayrim klublar hamon Shomurodovdan umidini uzmagani haqida xabarlar chiqib turibdi.

Joze Mourino adolat yuzasidan boshqa hujumchilarning ishlari yurishmayotgan bir pallada Shomurodovga imkon berib ko‘rishi kerakdir.

90a82187915f600ff32a3eadf6e20766

“Roma” keyingi turda o‘z maydonida debyutant jamoa “Montsa”ni qabul qiladi. Bu klub ham Shomurodovga qiziqish bildirgandi. Balki Mourino autsayderga qarshi uchrashuvda Dibala, Abraxam, Pelegrini kabi katta o‘yinchilarni bezovta qilmasdan, Eldorga imkon berar.

Nailoj, 30 avgustni kutamiz.

Jamoasiga ilk g‘alabani keltirgan futbolchimiz eng zo‘rlar qatoridan joy oldi!

Evropa klublari nazariga tushgan legionerimiz yana gol urib, jamoasini birinchi o‘ringa ko‘tardi!

Shomurodov Rossiyaga qaytadimi?

“Roma”: Shomurodov superto‘purar yo‘lini to‘sib turibdi!

  

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!