
Mourino 5 futbolchini “Roma”dan haydayapti. Ular orasida mashhur nomlar bor!
“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino yangi jamoasi tarkibini o‘ziga to‘g‘ri kelmaydigan futbolchilardan tozalay boshladi.
Portugaliyalik mutaxassis jamoaning birinchi yig‘iniga jalb qilinadigan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi va unga besh nafar futbolchini kiritmadi.
Yig‘inga jalb etilmagan futbolchilar Jastin Klyuyvert, Xaver Pastore, Pedro, Federiko Fasio va Stiven Nzonzi bo‘lib chiqdi.
Ularning mashg‘ulotlarga qo‘yilmagani Mourino kelasi mavsumda bu futbolchilarga ishonch bildirmasligidan dalolat beradi.
Klub rahbariyati yozgi transferlar davrida ularni sotib yuborishi talab etiladi.
Fikrlar