
Mourino 4 nafar futbolchiga chiqish eshigini ko‘rsatdi. Shomurodov ular orasida bormi?
“Roma” Eldor Shomurodov bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda.
"Calciomercato" xabariga ko‘ra, hujumchi Portugaliyaga mavsumoldi turnega boradigan futbolchilar ro‘yxatiga kiritilmagan. Bosh murabbiy Joze Mourino uni o‘z rejalariga kiritmagan.
Himoyachilar Brayan Reynolds va Matias Vinya hamda yarim himoyachi Gonsalo Vilyar ham arizaga kiritilmagan.
Shomurodov o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida "Spetsiya" safida o‘tkazdi va A Seriyaning 16 o‘yinida 1 ta gol urdi.
Fikrlar