
Morata Oblakni maqtadi
"Atletiko" Madrid klubi forvardi Alvaro Morata jamoadoshi Yan Oblakni dunyoning eng zo‘r darvozaboni deb aytdi.
“Oblak – dunyodaning eng yaxshi darvozaboni. Buni tushunishim uchun menga bor yo‘g‘i u bilan bir hafta mashg‘ulot o‘tkazishning o‘zi kifoya bo‘ldi. Men “Chelsi”da unga qarshi o‘ynaganman va u o‘shanda mening zarbamni qaytargan.
Men o‘z vaqtida dunyoning eng kuchli darvozabonlari bilan birga to‘p surganman va hozir aynan Oblak eng zo‘ri. U baribir dunyoning eng kuchli darvozaboni deb tan olinishiga umid qilaman”, - deydi ispaniyalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, Oblak joriy mavsum “Atletiko” safida jami 8 ta o‘yinda maydonga tushdi va shularning 6 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Fikrlar