
Morata "Atletiko"da qoladi
Hujumchi Alvaro Morata tez orada "Atletiko Madrid" bilan yangi shartnoma imzolaydi.
Shartnoma 2027 yilgacha mo‘ljallangan. Futbolchi rahbariyat va bosh murabbiy Diego Simeone bilan gaplashib, jamoada qolishga qaror qildi.
Avvalroq, futbolchida faoliyatini Italiyada davom ettirish imkoniyati borligi haqida xabar berilgandi. Shuningdek, unga Saudiya Arabistoni jamoalaridan ham takliflar kelib tushgandi.
Fikrlar