
Morata Allegridan nega xafa?
Mavsumni “Yuventus" safida ijarada o‘tkazayotgan “Atletiko” hujumchisi Alvaro Morata “Barselona”ga o‘tmaydi.
AS nashri xabariga ko‘ra, "Yuve" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri hujumchining imkoniyatlarini yuqori baholaydi va uning ketishiga qarshi. O‘z navbatida "Yuventus" rahbariyati ham Moratani qo‘yib yubormoqchi emas va hozirda unga o‘rinbosar qidirmayapti.
Biroq Alvaro Allegrining uni "Barsa"ga qo‘yib yubormasligidan hafsalasi pir bo‘lgan, chunki u Kataloniya klubiga o‘tishni juda xohlamoqda.
Morata joriy mavsum Italiya klubi safida barcha turnirlarda 25 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar