
"Monopolist" "Bavariya" yana bir Bundesliga yulduzini qo‘lga kiritmoqchi
Konrad Laymer “Leyptsig” bilan shartnomani uzaytiriish bo‘yicha kelishuvga erisha olmadi. Futbolchi 2023 yil yozida klubni tark etadi.
Laymer erkin agent sifatida ketishga tayyor va “Bavariya” bilan 5 yillik shartnoma bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishgan. Bu haqda taniqli jurnalist Nikola Skira xabar bermoqda.
Yarim himoyachi ushbu mavsum barcha chempionatlarda 6 ta o‘yinda maydonga tushdi. Qayd etish lozim, ayni vaqtda Konradning "Transfermarkt" portalidagi qiymati 28 million evroni tashkil etadi.
Fikrlar