
"Monako" raqibini "yanchib" tashladi (video)
Frantsiya chempionatining 31-turida “Monako” o‘z maydonida “Mets”ni qabul qildi.
“Lui II” stadionida kechgan bellashuv maydon egalarining to‘liq ustunligida kechdi. Yakunda ushbu ustunlik hisobda ham o‘z aksini topdi. Sesk Fabregas (50'), Kevin Folland (52') va Vissam Ben Yedder (77', 89') tomonidan kiritilgan gollar “Monako”ning 4:0 hisobidagi ishonchli g‘alabasini ta’minladi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar