
"Monako" Fabregasni sotuvga qo‘ydi
France Football nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, monegaskliklar oyiga 600 ming evro bo‘lgan futbolchini yozgi transfer oynasi vaqtida sotuvga qo‘ymoqchi. Shu bilan bir qatorda klub uni sotib oluvchi jamoa chiqishiga ham umid qilmayapti.
Eslatib o‘tamiz, Fabregas qishki transfer oynasi vaqtida "Chelsi"dan "Monako" safiga kelib qo‘shilgan edi. U hozirga qadar jamoa safida Frantsiya chempionatida 13 bahsda maydonga tushdi va 1 ta gol kiritib, shuncha golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar