
"Monako" Dris Mertens uchun yiliga 10 mln evro maosh bermoqchi
"Monako" "Napoli" hujumchisi Dris Mertensni qo‘lga kiritish niyatida. Bu haqida Corriere dello sport nashri xabar bermoqda.
Monegasklar belgiyalik fubolchi bilan mavsum so‘nggida, Mertens erkin agent maqomini olganidan so‘ng shartnoma imzolash niyatida.
Frantsuz klubi futbolchi bilan ushbu masala bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishni boshlab yuborishgan. Unga ko‘ra, "Monako" rahbariyati Mertensga bir mavsum uchun 10 million evro maosh taklif qilishmoqda.
Fikrlar