"Monako" bosh murabbiyi iste’foga chiqdi

  • 11 oktabr, 16:04
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2023 yilda "Monako"ga bosh murabbiy etib, tayinlangan Adolf Xutter bilan klub xayrlashdi. Salbiy natijalardan so‘ng rahbariyat murabbiyni almashtirish vaqti keldi, deb hisobladi va germaniyalik mutaxassisni iste’foga chiqardi. 

Tecno

55 yoshli murabbiyning dastlabki mavsumni ajoyib bo‘lgandi. U "Monako" bilan Liga 1'da ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. PSJdan 9 ochkga ortda qolgan monakoliklar uzoq tanaffusdan keyin Chempionlar ligasi ham qaytishga muvaffaq bo‘lishdi.

 Image

Ikkinchi mavsumda esa klub 2-pog‘onani "Marsel"ga topshirib qo‘ydi va 3-o‘rin bilan cheklandi. Ushbu mavsumda jamoa esa 3 ta mag‘lubiyatni qabul qilib oldi, birinchisi chempionatning ikkinchi turida "Lill"dan uchraldi. Keyin Xyutter shogirdlari Chempionlar ligasida "Bryugge"ga 4:1 hisobida taslim bo‘lishdi. Shundan so‘ng "Loryan" ham "Monako"ni mag‘lub etdi va murabbiyning kelajagi so‘roq ostiga olindi. 

Garchi jamoa "Manchester Siti" bilan 2:2 hisobida durang o‘ynagan bo‘lsa ham "Nitstsa"ga qarshi uchrashuvdan keyin Adolf o‘z lovozimidan ozod etildi. Keyingi bosh murabbiy masalasi katta ehtimol bilan hal qilingan. Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda Belgiyaning "Yunion" klubida ishlab kelayotgan Sebastian Pokonoli "Monako"ga kelishi kutilmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!