
"Monako" "Bavariya" darvozabonini ijaraga oldi
Myunxenning "Bavariya" klubi darvozaboni Aleksandr Nyubel yangi mavsumni Frantsiya chempionatida boshlaydigan bo‘ldi.
Klub rasmiy saytining ma’lum qilishicha, "Monako" 24 yoshli posbonni 2023 yilning yoziga qadar ijaraga olgan. Ammo tomonlar o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, "Bavariya" bir yildan so‘ng ushbu shartnomani bekor qilishi va darvozabonini qaytarib olish huquqiga ega.
Nyubel "Bavariya" safiga 2019 yil "Shalke"dan erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan edi.
Aleksandr yakunlangan mavsum “Bavariya” safida bor yo‘g‘i 4 ta o‘yin o‘tkazdi va ushbu uchrashuvlarda o‘z darvozasidan 4 ta gol o‘tkazib yubordi.
Fikrlar