"Monako" APL klubidan futbolchi sotib olmoqchi

  • 3 may, 2019, 07:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Fulxem" xavbeki Jan-Mishel Seri yana Frantsiya chempionatiga qaytishga yaqin turibdi.

Tecno

Daily Mail nashrining yozishicha 27 yoshli ivuarlik futbolchiga "Monako"dan qiziqishlar bo‘lmoqda. O‘z navbatida yangi mavsumni Chempionshipda boshlashi aniq bo‘lib ulgurgan “Fulxem” ayrim etakchi futbolchilarini sotib yuborishga tayyor.

Ma’lumot uchun, Seri joriy mavsum londonliklar safida jami 34ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan. Taxminiy transfer narxi esa 30 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!