
Moldova chempionati. Yaxshiboev debyut o‘yinida gol urdi
Moldova chempionatining 9-turidan o‘rin olgan "Sherif" – "Petrokub" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur bahsda maydon egalari 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Quvonarlisi, Yaxshiboev zaxiradan maydonga tushib, jamoasining birinchi goliga assistentlik qildi. Uchrashuvning 77-daqiqasida esa legionerimiz o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
"Sherif" mazkur g‘alabadan so‘ng 12 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda. 18 ochko to‘plagan "Petrokub" esa ikkinchi o‘rinni band etib turibdi.
Fikrlar