
Modrichning "Real"dagi taqdiri ma’lum
Madridning "Real" klubi yarim himoyachi Luka Modrichni keyingi mavsumda saqlab qoladi.
"Todofichajes" nashrining xabar berishicha, ikkala tomon ham hamkorlikni davom ettirish istagida. Modrich Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tish variantini rad etdi va u jamoaning kuchli o‘yinchisi bo‘lmasa ham Madridda yana bir yil o‘tkazishga tayyor.
Luka 2012 yilning yozidan buyon "qirollik klubi"da o‘ynamoqda. 37 yoshli xorvatiyalik "qaymoqranglilar" safida 473 ta o‘yin o‘tkazib, 37 ta gol urdi va 76 ta samarali uzatmani sheriklariga taqdim etdi.
Fikrlar