
Modrichga "Lokomotiv"ga o‘tishni taklif qilishdi
"Lokomotiv"ning xorvatiyalik himoyachisi Vedran Chorluka "Real"dagi hamyurti Luka Modrichga hazilomuz yo‘l bilan Rossiya chempionatiga o‘tishni taklif qildi.
Modrich kecha "Alaves" (4:1) ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng, instagramdagi sahifasiga shunday deb yozdi: “G‘alaba yo‘liga qaytyapmiz!”
Chorluka esa, ushbu postga javoban kulayotgan smaylik bilan quyidagicha izoh qoldirdi: “Lokomotiv”ga o‘t”.
35 yoshli Modrich “Real”da 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum 25 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi.
Fikrlar