
Modrich yanvarda “Real”dan ketadimi? Rahbariyat aniq javob berdi
38 yoshli Luka Modrich o‘tgan yoz “Real” bilan shartnomasini bir yilga uzaytirgan edi. Biroq bungacha asosiy tarkib o‘yinchisi hisoblangan xorvatiyalik futbolchi endi bunday mavqega ega emas.
Bosh murabbiy Karlo Anchelotti uni kam o‘ynatyapti. Maydonga tushirgan taqdirda ham klub xo‘jayinlardan gap eshityapti. Mutasaddilar murabbiylar shtabidan yoshi o‘tib qolganlarni emas, aksincha yosh futbolchilardan foydalanishni talab qilyapti.
Shu sabab, Luka Modrich yanvarda Saudiya Arabistoniga ketishi mumkinligi haqida xabarlar ko‘payib ketdi. “Real” direktori Xose Anxel Sanches vaziyatga oydinlik kiritdi.
- Modrichning yanvarda transfer qilinishi borasida Saudiya Arabistoni ligasi vakillari bilan rasmiy muzokaralar o‘tkazilgani yo‘q. Ayni paytda Lukaning jamoamizni tark etishini tasavvur qila olmaymiz, - dedi Xose Anxel Sanches.
Xovartiyalik pleymeyker 2012 yildan beri madridliklar sharafini himoya qilib kelyapti. U “Real” futbolchisi sifatida 2018 yili “Oltin to‘p” sovrinini qo‘lga kiritgan.
Fikrlar