Modrich "Real"ni tark etish arafasida. Klub unga hali shartnoma taklif etmadi

  • 22 may, 14:04
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Luka Modrich mavsum yakunlanishi bilan "Real Madrid"ni tark etishi mumkin. Bu haqda COPE radiosi efirida jurnalist Migel Anxel Dias xabar berdi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, madridliklar 39 yoshli yarim himoyachiga hali ham yangi shartnoma taklif qilmagan. Xorvat futbolchisi "Santyago Bernabeu"da 24 may kuni "Real Sosedad"ga qarshi o‘tadigan La Liga oxirgi turi bahsida muxlislar bilan xayrlashishi mumkin.

Qayd etilishicha, jamoani kelasi mavsumdan boshqarishi kutilgan Xabi Alonso Modrichning kelajagi bo‘yicha qaror qabul qilishda ishtirok etmagan. Agar "Real" rahbariyati fikridan qaytmasa va yangi bitim taklif etmasa, Luka jamoani tark etadi.

Ma’lumot o‘rnida, Modrich joriy mavsum "qirollik klubi" safida 55 ta uchrashuvda ishtirok etib, 4 ta gol va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!