Modrich muhim qaror oldida turibdi

  • 30 iyun, 2022, 16:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” yulduzi Luka Modrichning klub bilan amaldagi shartnomasi tugadi. Lekin rahbariyat 36 yoshli yarim himoyachiga yana bir yillik shartnoma berishga tayyor.

Tecno

Aslida “Qirollik klubi” o‘tgan yili yozda ham Modrichning shartnomasini bir yilga uzaytirgan edi. Luka mavsumni yuqori darajada o‘tkazganini inobatga olgan mutasaddilar tajribali pleymeykerni yana jamoada olib qolmoqchi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Modrich hali faoliyatini tugatmoqchi emas. Uning kelasi mavsumni Madridda o‘tkazishi kutilmoqda. Biroq xorvatiyalik o‘yinchi undan keyingi yil ham “Real” uchun o‘ynab, shundan so‘ng, faoliyatini tugatmoqchi ekani aytilmoqda.

Luka Modrich bu klub safida uch marta Ispaniya chempioni va besh marotaba Evropa Chempionlar ligasi g‘olibi, to‘rt bor klublar o‘rtasida jahon chempioni bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!