
Modrich Mbappening "Real"ga o‘tishi haqida gapirdi
"Real" Madrid yarim himoyachisi Luka Modrich PSJ hujumchisi Kilian Mbappening “qirollik klubi”ga o‘tishi mumkinligi to‘g‘risida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Jurnalistlar ehtimoliy transferlar haqida muntazam yozishadi. Mbappe – top darajadagi futbolchi. U buni klubda ham, terma jamoada ham isbotladi. “Real” buyuk futbolchilarni qabul qilishdan hamisha xursand bo‘lgan. Biroq hozir bu haqda ortiqcha gapirish noto‘g‘ri. Nimalar bo‘lishini keyin ko‘ramiz”, - dedi xorvatiyalik futbolchi.
22 yoshli Mbappening PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan va u ushbu kelishuvni uzaytirishni xohlamayapti. Shu sababli Parij klubi uni joriy yozgi transferlar davrida 130-140 mln evro miqdoridagi mablag‘ evaziga sotib yuborishi aytilmoqda.
Mbappe joriy mavsum 37 ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 29 ta gol urdi.
Fikrlar