Modrich haqiqiy etakchi

  • 18 dekabr, 2022, 14:11
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Luka Modrich boshchiligidagi Xorvatiya terma jamoasi Qatarda bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatida Marokashni taslim etib, turnirning bronza medallariga ega chiqdi.

Tecno

Xorvatiya sardori Luka Modrich mundiallarda qanday ishtirok etgan?
Modrich xorvatlar safida 4 ta jahon chempionatida ishtirok etib, jami 19 ta o‘yin o‘tkazgan va 2 gol urgan.
Shuningdek, 2018 yilda "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritgan.

Luka Xorvatiya bilan Rossiya maydonlarida o‘tgan 2018 yilgi mundialda kumush medallariga ega chiqqan bo‘lsa, bu yilgi musobaqada uchinchi o‘rinni egalladi.
Eslatib o‘tamiz, Xorvatiya o‘zi ishtirok etgan 6 ta jahon chempionatida 3 ta medal olgan bo‘lib, shuning ikkitasida jamoa Modrich sardorligida bu muvaffaqiyatga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!