Modrich: "Bu xayr emas, ko‘rishguncha"

  • 13 iyul, 12:06
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

39 yoshli Luka Modrich rasman "Real Madrid"ni tark etdi. U madridliklar safida 2012 yildan beri to‘p surib kelayotgan edi.

Tecno

Xorvatiyalik futbolchi 13 mavsum davomida jamoa bilan 28ta kubokni qo‘lga kiritdi. Jumladan, 6 marta Chempionlar ligasini yutib, "qirollik klubi" tarixidagi eng sovrin qo‘lga kiritgan futbolchiga aylandi.

"Bu mening uyim bo‘lib qoladi. Shu bilan birga, abadiyligicha qoladi. 

Bu xayr emas, bu ko‘rishguncha" — deb yozdi Modrich ijtimoiy tarmoqda.

Eslatib o‘tamiz, tajribali havbek Italiyaning "Milan" klubiga o‘tish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Bir necha nashrlarning xabariga ko‘ra, futbolchi yaqin kunlarda tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!