Modrich: "Bu faqat o‘zimizning aybimiz"

  • 25 oktabr, 13:17
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich "Piza"ga qarshi kechgan o‘yindan so‘ng uchrashuv haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Tecno

"Birinchi bo‘limda barcha masalani hal qilishimiz kerak edi, aslida. Maydonda yaxshi o‘ynadik, ko‘plab vaziyatlar yaratdik, ammo bor-yo‘g‘i bitta gol urishni uddaladik,holos. Ikkinchi taym esa juda sust boshlandi. Garchi biz ko‘proq hujum qilib, ko‘proq vaziyat yaratgan bo‘lsak ham, yakun biz kutgandek bo‘lmasligi mumkin ekanligiga yana bir bor amin bo‘ldik.

O‘yinda g‘alaba qozona olmadikmi, demak bu biz bizning aybimiz. Bugun muhim ikki ochkoni yo‘qotdik. Barchamiz g‘azabdamiz, chunki ajoyib imkoniyatlarni ko‘kka sovurdik", - dedi xorvatiyalik sobiq "Oltin to‘p" sohibi.

Ma’lumot uchun, kecha tunda "Milan" "Piza" qarshi o‘z uyida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda 2:2 hisobida durang natija qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!