Modrich, Kroos, Asensio va yana 3 nafar futbolchining "Real"dagi taqdiri nima bo‘ladi?

  • 3 fevral, 2023, 13:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid futbolchilarining shartnomalari bilan bog‘liq vaziyat ma’lum bo‘ldi.

Tecno

Shu yilning iyun oyida Toni Kroos, Luka Modrich, Dani Sebalos, Mariano Dias, Marko Asensio va Nacho Fernandesning klub bilan imzolagan amaldagi shartnomalari yakuniga etadi.

El Partidazo de COPE xabariga ko‘ra, Toni Kroos bilan shartnoma uzaytirilishi uning qaroriga bog‘liq. Germaniyalik yarim himoyachi faoliyatini 2023 yilda yakunlash variantini ham ko‘rib chiqmoqda.

Modrich, Sebalos va Asensio bo‘yicha yakuniy qaror mavsum oxirida qabul qilinadi.

Nacho bilan shartnomani bir yilga uzaytirish taklif qilingan. Agar himoyachi ushbu taklifni qabul qilmasa, u jamoani erkin agent sifatida tark etadi.

Ayni damda faqat Marianoning kelajagi aniq. "Real" rahbariyati ushbu futbolchining shartnomasini uzaytirishni rejalashtirmayapti va shu sababli u mavsum oxirida jamoani tark etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!