Modrich - Evroda gol urgan eng qari futbolchi
"Evro-2024"ning 3-turidan o‘rin olgan Xorvatiya - Italiya uchrashuvining ikkinchi taym boshida xorvatlar foydasiga penalti belgilandi. Undan esa Modrich foydalana olmadi. Ammo ikkinchi temp bilan davom etgan hujum natijasida Luka Donnarumma darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu tariqa, Modrich Evro tarixiga kira oldi. Yarim himoyachi ushbu chempionatda gol urgan eng qari futbolchiga aylandi. (38 yosh, 289 kun)



Fikrlar