
MMA turnirida blogerlar oktagonga ko‘tarildi... Dev va pakana jangini tomosha qiling
Gdanskda (Polsha) polshalik blogerlar, repperlar va boshqa taniqli shaxslar o‘rtasida Fame MMA doirasidagi jang kechasi o‘tkazildi. Mazkur turnir beshinchi bor o‘tkazildi.
Unda 18 yoshli "Lord Krashvill" nomi bilan mashhur Marek Krushek balandligi 130 santimetr bo‘lgan 24 yoshli "Mini Mike" ya’ni Mateush Krzyzanovski ustidan ikkinchi raundda texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi.
Ikkalasi ham Polshada mashhur blogerlar hisoblanadi. Krushekning youtube kanalida 1,1 million va Instagram da 1 million, “Mini Mayk”ning youtube sida 824 ming, Instagram sahifasida 937 ming o‘quvchisi bor.
Fikrlar