
MMA: Bugun yana bir o‘zbek o‘g‘loni chempion bo‘lishi mumkin!
Xabaringiz bor, bugun Abu Dabi shahrida "UAE Warriors 55" turniri bo‘lib o‘tadi. Markaziy jangda hamyurtimiz Hotamjon Boynazarov( 9-0) ushbu promoushenning amaldagi chempioni ozarbayjonlik Taxir Abdullaev (15-2)bilan bahs yuritadi.
Shuningdek, yana ikki vakilimiz Kamronbek Ortiqov (3-1) dog‘istonlik Murad Maganevga (2-0) qarshi jang qilsa, Akbarjon Islomboev (8-1) britaniyalik Ben Royalga(8-2)qarshi oktagonga ko‘tariladi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, Xotamjon Boynazarov ushbu jangdagi g‘alaba bilan nafaqat chempionlik kamarini qo‘lga kiritadi. Katta ehtimol bilan ushbu muvaffaqiyat yurtdoshimizni UFC tomon etaklaydi. Ha, 26 oktyabr kuni Abu-Dabida "UFC 308" turniri tashkil etiladi. Shuning uchun Dana Uaytdan tortib Shon Shelbigacha barchasi Abu-Dabiga etib kelgan va ular bugun hamyurtlarimiz ishtirokidagi janglarni bevosita tomosha qilib boradi. Ehtimol, Kamron hamda Akbarjon ham ularning qiziqishiga sabab bo‘lib qolar. Kim biladi, deysiz!
Xullas, bugungi jangda yana bir chempionlik kamari O‘zbekistonga kelishi mumkin! Barchasiga omad tilaymiz!
Janglar Toshkent vaqti bilan 20:00 dan start oladi. Jangga yaqin qaerda hamyurtlarimizning chiqishini sifatli tarzda tomosha qilish imkoniyatini ma’lum qilamiz. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!
Fikrlar