MMA bo‘yicha O‘zbekiston kubogini Andijon terma jamoasi qo‘lga kiritdi! (Foto)
26-29 sentyabr kunlari Toshkentda MHSK arenasida MMA bo‘yicha 18-20 yosh toifasi va katttalar o‘rtasida O‘zbekiston Kubogi tashkil etildi. Ushbu kubok bahslari noyabr oyida Toshkent mezbonligidagi jahon chempionatiga ham saralash vazifasini o‘tab berdi. Juda ham murosasiz kechgan janglardan so‘ng g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. Umumjamoa hisobida Nozimjon To‘ychiev hamda Farruh Madaminov boshchiligidagi Andijon viloyati jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2-o‘rin Jasur Alijonov murabbiyligi ostidagi MHSK vakillariga nasib etdi. Kuchli uchlikni Botir Rahmonov boshchiligidagi qashqadaryolik sportchilar yakunlab berdi. Shu tariqa Andijon terma jamoasi 2024 yilgi O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritdi.









Fikrlar