
MMA bo‘yicha Osiyo chempionatida yana 2 ta medal qo‘lga kiritildi!
Ma’lumki, Bahrayn poytaxti Manama shahrida havaskor MMA bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun turnirning 2-kuni yakunlandi. Bugungi dasturda 16-17 yosh toifasida 2 nafar vakilimiz o‘zi janglarini o‘tkazdi va har ikkisi kumush medalni qo‘lga kiritdi.
61 kg vaznda Axadjon Anvarov finalda mezbonlar vakiliga kichik hisobda imkoniyatni boy berib, 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 83,9 kgda Abdulaziz Abdusattorov ham shohsupaning 2 - pog‘onasidan o‘rin oldi. Ertadan, 18-20 va 21 yoshdan kattalar o‘rtasida bahslar boshlanadi.
Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!
Fikrlar