
Mixail Anisin: "Humo Arena" KXLda top-5 arenadan biri bo‘ladi
"Humo" xokkeychisi Mixail Anisin Toshkentdagi hayoti haqida gapirdi deya xabar bermoqda Matchtv.ru sayti.
"Men Toshkentda mehmonxonada yashadim. Faqat xokkkey bilan mashg‘ul edim. O‘zbekiston nimasi bilan hayratlanarli? Bir xil mashinalar - "Shevrole". Mamlakatda mashina zavodi bor va bu brendga monopoliya mavjud. Agarda, chet el mashinasini olib kirmoqchi bo‘lsangiz, ikki barobar ko‘p haq to‘lashingiz kerak bo‘ladi.
U erdagi muz saroyi juda ham go‘zal. KXLda bu borada kuchli beshlikka kira oladi. Kanadaliklarga xos xokkey maydoniga ega. Bizning liga ham hozir shunday formatdagi maydonga intilmoqda.
Men bu erga kelganimda uchrashuvlarga 4 mindan ziyod muxlis kelar edi. Keyinchalik esa bu son o‘sib bordi. Albatta, bunda professional darajadagi marketing xizmati hodimlarining xizmatlari beqiyos. Bir oila bo‘lib, pley-offga chiqdik", - dedi Anisin.
Fikrlar