
"Mityulland" — "Liverpul" bahsi so‘roq ostida qoldi
Koronavirus infektsiyasining yangi turi keng tarqalishi ortidan UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichi 4-turidan o‘rin olgan "Mityulland" — "Liverpul" bahsi so‘roq ostida qoldi.
Gap shundaki, Britaniya hukumatining 7-noyabrdagi qaroriga ko‘ra, "Liverpul" Daniya safaridan so‘ng, ikki haftalik karantin cheklovlariga duch keladi.
Shuningdek, barcha ingliz klublari Daniya terma jamoasi yig‘iniga taklif olgan futbolchilarni qo‘yib yubormaslikka kelishib olishdi.
Fikrlar