
Misr terma jamoasi bosh murabbiyi va futbol assotsiatsiyasi prezidenti iste’foga chiqdi
Xabaringiz bor kecha Misr terma jamoasi o‘z maydonida bo‘lib o‘tayotgan Afrika Millatlar kubogi 1/8 finalida JAR termasiga 1:0 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi va musobaqadagi yurishini yakunladi.
KingFut nashri tarqatgan xabarga ko‘ra o‘yindan so‘ng misrliklar bosh murabbiyi Xaver Agirre va mamlakat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Abo Rida iste’foga chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, Agirre Misr terma jamoasini 2018 yilning avgustidan buyon boshqarib kelayotgan edi.
Fikrlar