Misr olimpiya terma jamoasi a’zolari yurtimizga etib kelishdi

  • 6 iyun, 2019, 22:30
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO
Xabaringiz bor, joriy yilning 9 va 11 iyun kunlari O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi a’zolari misrlik tengdoshlariga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazishadi. Mazkur o‘rtoqlik o‘yinlari Andijon va Namangan shaharlarida bo‘lib o‘tadi. Ana shu o‘yinlarda ishtirok etish uchun Misr olimpiya terma jamoasi a’zolari bugun poytaxtimizga etib kelishdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
 
Ular poytaxtimizdagi "Ramada" mehmonxonasiga joylashishdi. Misrlik futbolchilar ertaga Toshkentda mashg‘ulot o‘tkazishadi. 8 iyun kuni erta tongda Andijon sari yo‘l olishadi. O‘zbekiston OTJ va Misr OTJ o‘rtasidagi dastlabki o‘rtoqlik o‘yini 9 iyun kuni Andijondagi "Sog‘lom avlod" o‘yingohida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 19:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Behzod Aliev
09/06/2019 15:24
Андижонли мухлислар Узбегим олга