Misli ko‘rilmagan transfer: “Liverpul” bir jamoa bilan uchga uch o‘yinchi almashadi!
Angliya chempionligini qo‘lga kiritgan “Liverpul” kelasi mavsum oldidan tarkibini yanada kuchaytirishga qaror qilgan.
Bosh murabbiy Arne Slot o‘ziga kerak bo‘lgan futbolchilarni tanladi. Klub mutasaddilari endi nishondagi o‘yinchilarni olib berishga harakat qilmoqda.
“Liverpul” rahbariyati “Bornmut” bilan rokirovka o‘tkazishni mo‘ljallayapti va bu jarayonga olti nafar o‘yinchi jalb qilinadi.
Manbalarning yozishicha, liverpulliklarga “Bornmut” etakchilaridan Din Xyoysen, Milosh Kerkez va Antuan Semeno kerak. Bu o‘yinchilar o‘rniga “qizillar” Kaomxin Kellexer, Xarvi Elliott hamda Ben Doakni bermoqchi.
Agar tomonlar olti nafar o‘yinchi rokirovkasi bo‘yicha kelisha olmasa, ularning har biri bo‘yicha alohida transfer harakatlari amalga oshiriladi.



Fikrlar