Misha bugun muzga chiqadi

CHERY AUTO

Figurali uchish bo‘yicha terma jamoamiz a’zosi Misha Ge bugun navbatdagi yirik xalqaro musobaqada ishtirok etadi. Xitoy Taipeyida bo‘lib start olgan 4 qit’a chempionati musobaqasining qisqa dasturi bugun bo‘lib o‘tadi. 

Tecno

Toshkent vaqti bilan 13:35 da boshlanadigan qisqa dasturda 30 nafar sportchi o‘z chiqishini namoyish qiladi. Erkin dastur bellashuvlari 27 yanvar kuni 09:30 (Toshkent vaqti bilan)da start oladi. Hamyurtimiz bugun beshinchi guruh vakillari orasida o‘z dasturini namoyish qiladi. 

To‘rtinchi guruh

19. Grant Xoxshtayn (AQSh)
20. Denis Ten (Qozog‘iston)
21. Kevin Reynolds (Kanada)
22. Takaxito Mura (Yaponiya)
23. Xan Yan (Xitoy)
24. Nam Nguen (Kanada)

Beshinchi guruh

25. Misha Ge (O‘zbekiston)
26. Tszin Boyan (Xitoy)
27. Maks Aaron (AQSh)
28. Djeyson Braun (AQSh)
29. Keydzi Tanaka (Yaponiya)
30. Shoma Uno (Yaponiya)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!