Mirzohid G‘ofurov: Amaldagi chempion "Paxtakor"ni uyda ham, safarda ham mag‘lub etganimiz eng yoqimlisi bo‘ldi

  • 7 dekabr, 2023, 16:00
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Neftchi" jamoasining tajribali ximoyachisi Mirzohid G‘ofurov mavsum yakulari bo‘yicha klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

Tecno

-Yakunlangan mavsum haqida fikrlaringiz?

-Yakunlangan mavsum eng esda qolarli mavsumlardan biri bo‘ldi. Ochig‘ini aytsam, mavsum davomida "Neftchi" jamoasi medallar uchun kurashda haqli o‘yin ko‘rsatdi, lekin yakunda esa beshinchi o‘rin bilan tugatdik. Xudo xohlasa, yangi mavsumda ushbu ko‘rsatkichni yaxshilashga urinib ko‘ramiz.

-O‘z o‘yiningizdan qoniqdingizmi?

-Futbolchini o‘yiniga ko‘proq murabbiy baho beradi. Murabbiylarning ko‘rsatmalariga aniq amal qildim shekilli, mavsum davomida har uchrashuvga boshlang‘ich tarkibda maydonga tushirishdi. O‘zimga kelsak, mavsum davomidagi o‘yinlarimdan qoniqdim, ammo muxlislar qanday fikrda ekanliklarini ham bilish kerak? (kuladi)

-"Neftchi" faoliyatingizda muhim o‘rin tutgan jamoalardan hisoblanadi. Klubdagi o‘yinlaringiz orqali yangi darajaga ko‘tarildingiz?

-Albatta "Neftchi"da ahil jamoa tuzilgan. Tartib-intizom bor joyda, albatta, futbol rivojlanadi. Bundan tashqari jamoada futbolchilar, murabbiylar va klubning barcha xodimlari bir-birlari bilan juda yaxshi munosabatda. Bu yilgi natijalarga erishishimizga ham asosiy sabablardan biri ahil jamoa tuzilganligi deb hisoblayman.

-Jamoamiz safida bu yildagi eng sermahsul futbolchi va 26 uchrashuvda doimiy xarakat qilgan futbolchi bo‘ldingiz. Buning asosiy sabablarini aytib bersangiz?

-Bu xaqida boya gapirib o‘tdim. Vitaliy Grigorevich ko‘rsatmalarini maydonda to‘g‘ri bajarishga harakat qildim. Sermahsullik bo‘yicha gapiradigan bo‘lsam, maydonda uch ochko olish uchun gol uruvchi futbolchining familiyasi ikkinchi darajali, deb hisoblayman. Asosiysi, shu gollar va uzatmalar jamoamiz foydasiga ishlashi kerak.

-Mavsum davomidagi eng yaxshi va eng alamli o‘yin haqida fikrlaringiz?

-Alamli tomoni, jamoamiz 20 ta bahs davomida mag‘lubiyatga uchramadi, 21-turga kelib esa "Nasaf" klubiga qarshi bellashuvda raqib bilan tengma-teng o‘ynagan holda mag‘lubiyatga uchraganimiz bo‘ldi. Mavsumni mag‘lubiyatsiz seriyalar bilan yakunlamoqchi edik. Afsuski, o‘xshamadi. Shunday bo‘lsa-da, musobaqa jadvaliga nazar tashlasak, eng kam mag‘lub bo‘lgan jamoa "Neftchi" hisoblanadi. Eng yoqimli o‘yinlarga kelsak, musobaqadagi har bir g‘alaba qozongan o‘yinimiz men uchun eng yaxshilaridan bo‘ldi va, albatta, amaldagi chempion "Paxtakor" jamoasini uyda ham, safarda ham mug‘lub etganimiz.

IMG_0235

-Kelasi mavsumda muxlislarimiz jamoamizdan bu yilgidan ham yaxshi natija kutishadi. Bu sizga bosim o‘tkazmaydimi?

-Yo‘q, xammasi ko‘ngildagidek bo‘ladi. Yangi mavsum intrigalarga boy bo‘ladi va muxlislarimiz bizni qo‘llab-quvvatlab turishsa oldimizga qo‘yilgan vazifalarni, albatta, bajaramiz.

-Namanganda gol urishingizga ishonganmidingiz?

-Avval aytib o‘tganimdek, kim gol urishi ahamiyatsiz. Asosiysi, shu gollar jamoamiz uchun foyda keltirsa shuni o‘zi etarli, deb hisoblayman. Umuman olganda, himoyachiga gol urish yoqimli ish (kuladi).

084A3692

-Jamoamiz muxlislari haqida fikrlaringiz va yangi mavsumda ularga nimalarni va’da qila olasiz?

-Mavsum davomida stadionga kelib, jamoamizni qizg‘in qo‘llab-quvvatlab turishlarini xohlar edim. Bundan tashqari ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga juda ko‘pchilik omad tilab yozadi. Ushbu muxlislarimizga alohida rahmat aytaman! Muxlislar ko‘magi bilan yaxshi mavsum o‘tkazdik. Shu asnoda yana bir narsani qo‘shimcha qilib ketsam. Jamoamiz 20 uchrashuvda mag‘lub bo‘lmadi, lekin kutilmagandagi mag‘lubiyatlar o‘yinimizga ta’sirini o‘tkazdi. Shu paytda jamoaga muxlislarning daldasi ayni muddao bo‘lar edi, deb hisoblayman. Muxlislarga murojaatim, "Neftchi"ni yaxshi kunida ham yomon kunida ham bir xilda qo‘llab-quvvatlashlarini so‘rab qolaman va biz yangi mavsumda natijalarni, albatta, yaxshilashga harakat qilamiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!