Mironshoh Ubaydullaev: "16 yoshda professional yo‘nalishda debyut qilganman"

CHERY AUTO

Poytaxtimizda tashkil etilayotgan K-1 bo‘yicha ochiq Osiyo chempionatining professional yo‘nalishida jang qiladigan hamyurtlarimizni tanishtirishda davom etamiz. Bu safar ishtirokchilar orasida eng yoshi Mironshoh Ubaydullaev haqida biroz ma’lumot berib o‘tish niyatidamiz. Buxorolik bu sportchimiz faoliyati davomida universal jang bo‘yicha ikki marta O‘zbekiston va bir marta Osiyo chempioni, muaytay bo‘yicha  10 marotaba, kikboksingda 7 karra, 5 bora K-1 bo‘yicha O‘zbekiston chempioni, 3 marta K-1 bo‘yicha Osiyo chempioni, 2 marotaba muaytay bo‘yicha Osiyo va 3 karra jahon chempionati g‘olibligini qo‘lga kiritgan. Professional ringlarda 10 marotaba jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. Ularning 8 tasida nokaut qayd eta olgan. Halqaro havaskor WEFF yshnalishida ham zafar quchganini ta’kidlab o‘tish lozim.

Tecno

Biz ushbu muhim turnir avvalida 2000 yil Buxoroda  tavallud topgan 19 yoshli jangchimizga bir-ikkita savol bilan murojaat qildik.

Bez nazvaniya 2

- Mironshoh endigina 19 yoshga to‘libsiz. Lekin professional ringda 10 marotaba jang o‘tkazishga ulguribsiz. Aslida necha yoshdan boshlagansiz profidagi faoliyatingizni?

- Umuman yakkakurash olamiga olti yoshimda kirib kelganman. Murabbiyim Dadaxon Boboqulov qo‘l ostida shug‘ullanishni boshlaganman. Professional yo‘nalishda esa 16 yoshimda debyut qilganman.

- 16 yosh professional janglar olib borish uchun erta emasmi?

- Insonning o‘ziga bog‘liq deb o‘ylayman. Jismoniy holati talabga javob bersa, o‘z ustida yaxshi ishlasa, o‘ylaymakni, ishtirok etsa bo‘ladi.

- Buxorolik ekanligingizni inobatga olsak, u erda mashhur yakkakurash turlariga asoslangan Amir Temur klubi bor. Sizning bu klubga taaluqli joyingiz bormi?

- Yo‘q.

- 22 sentyabr kuni sizga tojikistonlik sportchi to‘qnash keladi. Uning janglarini kuzatgan bo‘lsangiz kerak?

- To‘g‘risi, Amirjon Asozoda ekanligini bilaman. Diqqat e’tiborni mashg‘ulotlarga qaratdim. Kuzata olmadim.

- Albatta, barcha yurtdoshlarimiz g‘alabani istashmoqda...?

- Buni his qilib turibman. O‘ylaymanki, hammasi yaxshi bo‘ladi. Jangni o‘z foydamga hal qilib,barcha vatandoshlarimizni xursand qilish istagidaman.

- Bu borada sizga omad tilaymiz!

- Raxmat.

Ahmadbek EShMATOV tayyorladi.



Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!