
Mirko Elichich: "Menga kerakli futbolchilar band"
Pro liganing qoldirilgan 8-turidan o‘rin olgan "Olimpik Mobiuz" - "Olimpik" (4:0) uchrashuvidan so‘ng klub matbuot xizmati "Olimpik" bosh murabbiyi Mirko Elichichning matbuot anjumanida bildirgan fikrlarini taqdim qildi.
"Bugungi o‘yinda eng kuchli jamoaga qarshilik qildik. Biz 60 daqiqa yaxshi o‘ynadik, keyin esa o‘yinni "tashlab yubordik". Muvozanat va intizom yo‘qoldi. Pozitsiyalarni yo‘qotdik. Yaxshi va yomon jihatlarni kuzatdim".
- Ikkinchi davrada "Olimpik" kuchayadimi?
- Izlanmoqdamiz. Ayrim jamoalar futbolchilarni berishga tayyor, ammo menga kerakli bo‘lgan futbolchilar esa band.
- Jamoadan nechta futbolchi ketishi mumkin?
- Ko‘p futbolchilar ketadi, deb o‘ylamayman. Ular hali akademiya futbolchilari. Klublar esa yosh futbolchilarni ko‘p o‘ynatishmaydi. Yoshi katta futbolchilarimizga esa talab kam.
Fikrlar