
Mirjalol Qosimov final oldidan nimalar dedi?
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Coca Cola Kubogi finali "Paxtakor" va AGMK jamoalari o‘rtasida kechadi. Ushbu bahs oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida olmaliqliklar ustozi Mirjalol Qosimov quyidagi fikrlarni bildirdi:
"Navbahor" bilan chempionat doirasida o‘ynaganimizda, kubok finalida ularga qarshi bahs olib boramiz, deb niyat qilgandik. Afsuski, ular bu ergacha etib bora olmadi. Namangandagi stadionda atmosfera doim zo‘r bo‘lgan. O‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik.
"Paxtakor" haqida ko‘p gapirishning keragi yo‘q, nazarimda. Ular O‘zbekiston chempioni va shunga yarasha salohiyatga ega.
Finalga osonlikcha kelmadik, "Lokomotiv", "Metallurg" va "Nasaf" Superliganing eng nomdor jamoalaridan. Bu - futbol, bizda imkoniyatlar bo‘lishi aniq. Xato qilmaslikka harakat qilamiz.
Jarohatlar futbolning bir qismi. Ha, bizda bu borada kichik muammolar bor. Sanjar Tursunov va Murod Toshmatovda kichik jarohatlar mavjud. Imkon boricha, optimal tarkibda maydonga tushishga harakat qilamiz.
OChL haqida o‘ylamaslikka harakat qilyapman. OAVda har xil gaplar tarqayveradi. Men o‘yindan o‘yinga sakrab, fikr bildirishni xohlamayman.
"Navbahor"dan futbolchi olib kelish haqida o‘ylaganmiz, ammo bu jiddiy ko‘rinish olmagan. Hakamlar haqida ko‘p gapirishni yoqtirmayman.
AGMK uchun og‘ir yil bo‘ldi. Tarixda birinchi marotaba medallarga erishdik. Buning ostida katta mehnat yotibdi. Jamoadagi har bir futbolchi, murabbiy va xodimlar bunda katta o‘rin tutadi.
Fikrlar