
Mirjalol Qosimov AGMKda 100-yubiley o‘yinida 50-g‘alabani tantana qildi
AGMK klubi Superliganing 23-turida Bekobodda “Metallurg”ni mag‘lubiyatga uchratganidan xabaringiz bor.
E’tiborli jihati shundaki, mazkur o‘yin Mirjalol Qosimovning AGMK bosh murabbiy sifatidagi yubiley 100-o‘yiniga aylandi. Bu haqda AGMK matbuot xizmati shunday xabar qiladi:
“Bugungi «Metallurg»ga qarshi o‘yin AGMKning Mirjalol Qosimov boshchiligidagi 100-o‘yini sifatida qayd etildi.
Jamoamiz Mirjalol Qosimov qo‘l ostida barcha musobaqalarda 100 o‘yin o‘tkazib, 50 g‘alaba, 21 durang va 29 mag‘lubiyat qayd etgan. To‘plar nisbati: 154-129”.
Eslatib o‘tamiz, AGMK Qosimovning 100-yubiley uchrashuvida qo‘lga kiritgan g‘alabasidan keyin ochkolarini 43 taga etkazib, hozircha turnir jadvalida ikkinchi pog‘onaga ko‘tarilib oldi.
Fikrlar