
Mirislom Hasanov: Bizga o‘yin tizginini qo‘lga ola biladigan etakchi etishmayapti
"Bugungi bahs yaxshi o‘tdi. Yigitlar qo‘ldan kelgancha yaxshi o‘yin namoyish etishga urinishdi. Bugun bir qator yosh futbolchilarga maydonga chiqish uchun imkoniyat taqdim etdik. Lekin jamoamizga bugun o‘yin so‘nggida biroz tajriba etishmadi.
Bugun g‘alaba qozonishimiz mumkin edi. Hisob bizning foydamizga 1:0 bo‘lib turgan pallada yuzaga kelgan qulay imkoniyatdan foydalana olmadik. Bizga o‘yin tizginini qo‘lga ola biladigan etakchi etishmayapti", - deb Hasanovning so‘zlarini keltirib o‘tdi PFL rasmiy sayti.
Fikrlar