
Mirazizbek Mirzaxalilovning jangi yakunlandi
Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati yarim final janglari bo‘lib o‘tmoqda. -56 kg vazn toifasida chempionlik maqomini himoya qilayotgan Mirazizbek Mirzaxalilov final yo‘lida filippinlik Junmilardo Ogayre bilan to‘qnash keldi. Mirazizbek raqibi ustidan ishonchli tarzda g‘alaba qozonib, finalga yo‘l oldi.
Navbatdagi janglar:
-60 kg: Abdumalik Xalakov - Tsenbataar Erdenebat (Mo‘g‘uliston)
-64 kg: Elnur Abduraimov - Chinzorig Baatarsux (Mo‘g‘uliston)
-69 kg: Bobousmon Baturov - Vikas Krishan (Hindiston)
-75 kg: Saidjamshid Jafarov - Eumir Marsial (Filippin)
-81 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov - Shabbos Negmatulloev (Tojikiston)
-91 kg: Sanjar Tursunov - Sanjit (Hindiston)
+91 kg: Bahodir Jalolov - Alanzi Abdulrahman (Kuvayt)
Janglar AIBA'ning You Tube kanali orqali translyatsiya qilinmoqda.
Nodirjon Mirzahmedov va Shahobiddin Zoirov final uchun ringga ko‘tarildi
Fikrlar