Mirazizbek Mirzaxalilov "Mir boksa" bilan qachon shartnoma imzolaydi?

  • 12 mart, 2021, 20:25
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

3 aprel kuni Toshkent shahrida joylashgan muhtasham “Xumo” arenasi tarixiy professional boks kechasiga mezbonlik qiladi. Mazkur jang kechasida kimlar ringga ko‘tarilishi-yu, asosiy jang qanday titul uchun bo‘lishi haqida batafsil ma’lumotga egasiz. Aynan, ushbu boks oqshomida ikki nafar yurtdoshimiz o‘zlarining professional yo‘nalishdagi debyutini amalga oshiradi. Ulardan biri havaskor boksda jahon va Osiyo chempioni, Osiyo o‘yinlari g‘olibi Mirazizbek Mirzaxalilovdir.

Tecno

Ushbu bokschimiz o‘z intervyularida profidagi faoliyatini Olimpiadadan keyin boshlamoqchi ekanligini aytgandi. Lekin voqealar rivoji tezlashib ketdi. Biz ushbu holat va umuman professional boksdagi faoliyati borasidagi fikrlari bilan qiziqdik.

- “Stranja” turniridan so‘ng, biroz tibbiy muolaja olayotgandim. To‘g‘risi, 3 aprel kuni jang qilishimni 10 kun avval eshitdim. Buni hursandchilik bilan qabul qildim. Sababi, bunday ajoyib jang kechasida ringga ko‘tarilishni barcha bokschilar xohlasa kerak. “Mir boksa” promouterlik kompaniyasining menga e’tibor qaratishi ham yaxshi holat. O‘ylaymanki, o‘sha kungi jangdan keyin bu promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolasam kerak. Tayyorgarlikni yaxshi olib bormoqdamiz. Nasib qilsa, imkon qadar g‘alaba qozonib, muxlislarni hursand qilishga, professional faoliyatimizda ham yurtimiz sharafini munosib himoya qilishga harakat qilamiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!