
Mirazizbek Mirzahalilov ertaga jang qiladi yohud Dushanbeda super boks oqshomi!
Xabar berib o‘tganimizdek, 16 fevral kuni Tojikiston poytaxti Dushanbe shahri IBA Champions Night oqshomiga mezbonlik qiladi. Biz uchun ahamiyatli jihati unda hamyurtimiz Mirazizbek Mirzahalilov IBA chempionlik kamari uchun eliminator jangida Meksika vakili, hali mag‘lubiyatga uchramagan Luis Rodrigesga qarshi jang qiladi. Shuningdek, hozirda Ozarbayjon terma jamoasida murabbiylik faoliyatini olib borayotdan o‘zbekistonlik murabbiy Ravshan Xodjaevning ham 2 nafar shogirdi ringga ko‘tariladi.
To‘liq juftliklar:
Sharobiddin Ataev (Rossiya) - Alfonso Gominges (Ozarbayjon) IBA chempionlik kamari uchun
Shavkat Rahimov (Tojikiston) - Eduardo Nunes (Meksika) engil vazn IBF eliminator jangi
Mirazizbek Mirzahalilov (O‘zbekiston) - Luis Rodriges Okana (Meksika) yarim engil vazn IBA eliminator jangi
Bahodir Usmonov (Tojikiston) - Lal Chu In (Tayvan) engil vazn IBA Osiyo kamari uchun
Muhammad Yoqubov (Tojikiston) - David Chalabiev (Ozarbayjon) reyting jangi.
Bugun vazn o‘lchash marosimi hamda Face to Face marosimi bo‘lib o‘tadi. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!
Fikrlar